"Arsenal" "Lacio" yetakchisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
29 dek 2022, 11:00
Ammo ushbu transfer yanvar oyida amalga oshmasligi ham mumkin.

"Arsenal" "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning agenti bilan faol muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi "Corriere dello Sport". Shu bilan birga, "kanonirlar" shoshmoqchi emas. Agar "Lacio" serbiyalikni yanvarda sotishni istamasa, londonliklar ortiqcha pul to'lamaydi va transferni yozda amalga oshirishga urinadi.

Sergey Milinkovich-Savichning taxminiy bahosi 40-50 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport