"Arsenal" Koselnini jazolaydi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 19:55
"Arsenal" himoyachi Loran Koselniga qarshi tartib-intizom ishini ochadi.

Oldinroq u jamoa bilan AQSHga mavsumoldi turnesida qatnashishdan bosh tortgandi. Shu boisdan endi u moddiy tomonlama jarimaga tortiladi.

33 yoshli futbolchining shartnomasi yana bir mavsum davom etadi. Loran 2010 yildan buyon jamoa tarkibida harakat qilib kelmoqda. O'tgan mavsumda u APLning 17 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritishga erishgandi.

Oldinroq u "Renn" tarkibiga borib qo'shilishi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal