"Arsenal" Joau Feliks bilan shartnoma imzolash uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

Alisher
12 dek 2022, 18:48
"Arsenal" "Atletiko" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

"Kanonirlar" kamida uch oyga safdan chiqqan Gabriel Jezusga o'rinbosar izlashmoqda. Transfyerdagi muammo shundaki, o'yinchini jamoa va shahar unchalik o'ziga jalb qilmaydi. U kattaroq tarixga ega klubda o'ynashni xohlaydi.

"Atletiko" bosh direktori Xil Marin yaqinda Feliksning klubdan ketishi mumkinligini aytgandi.

"Atletiko" 2019 yilning yozida o'sha paytdagi 19 yoshli portugaliyalik uchun "Benfika"ga 127 million evro to'lagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca