"Arsenal" Jaka bilan kelishuvga erishishga yaqin

Mirjalol Normatov
3 avg 2021, 22:54
"Arsenal" yaqin vaqtlar ichida Granit Jaka bilan shartnomasini uzaytiradi.

"Goal" xabariga ko'ra, Jaka klub bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Tomonlar shartnomaning so'nggi bandlarini rasmiylashtirish jarayonida. Granit yozgi transferlar oynasi vaqtida "Roma"ga o'tishga yaqin turgandi. Ammo transfer amalga oshmadi.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020da Jaka Shveytsariya termasining sardori sifatida maydonga tushdi va 1/4 finalga yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal