“Arsenal” hujumchisi jarohat oldi

29 iyul 2019, 09:15
Aleksandr Lyakazett jarohatga yo'liqdi.

“Arsenal”ning “Lion”ga qarshi uchrashuvida (1:2) Aleksandr Lyakazett to'pig'idan jarohat oldi. Hozircha futbolchining jarohati haqida to'liq ma'lumot berilmagan.

“Jiddiyroq narsa sodir bo'ldi deb o'ylamayman. Har qanday holatda ham biz uning sog'lig'i bilan tavakkal qilishni istamaymiz. Lyakazett ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi”,-deydi o'yindan so'ng Unai Emeri.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian