

"Haqiqatan ham yaxshi o'yin. Futbolchilar va xodimlarni tabriklayman.
Bu g'alaba juda muhim edi. Biz boshidan oxirigacha yaxshi o'ynadik.
Ammo "Arsenal" hamon turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Haqiqat shundaki, biz ikki ochko ortda qolyapmiz, "Arsenal" hali ham birinchi o'rinda.
Keyingi uchta o'yin ko'p narsani aniqlab beradi deb o'ylayman. "Fulxem" Chempionshipdan qaytdi va ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. Qolaversa, o'z uyimizda "Lids" va "Vest Xem" bilan o'ynaymiz. O'z maydonimizda muxlislarning qo'llab-quvvatlashi tufayli o'zimizni qulay his qilmoqdamiz.
Eng muhimi, taqdirimiz o'z qo'limizda. Mavsum oxirida esa hamma narsa bizga bog'liq bo'lishi hamma narsadan muhimroq", – dedi "Manchester Siti" ustozi.



