"Arsenal" Gyokeresh bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda. "Sporting" kamida 80 million evro so'ramoqda

Administrator
25 iyun 2025, 21:05
"Arsenal" Viktor Gyokeresh uchun yangi taklif tayyorlashga kirishdi.

A Bola nashri xabar qilishicha, "to'pchilar" sloveniyalik futbolchi Benyamin Sheshkning yuqori maosh talablari va "Leypsig"ning narxni 80-100 million evrodan pasaytirmaslik qarori tufayli ushbu transferidan voz kechishi mumkin. Londonliklar uchun "Sporting" hujumchisi Gyokeresh yana ustuvor yo'nalishga aylandi. Avvalroq "Arsenal" shvetsiyalik forvard uchun norasmiy ravishda taxminan 55 million evro taklif etgan edi, biroq "Sporting" 100 million evrolik shartli tovon pulidan ancha past summa uchun muzokaraga kirishishni rad etganini ma'lum qilgan.

Takidlanishicha, ayni damda "Arsenal" ikkinchi taklifni tayyorlamoqda. Portugaliya klubi 80 million evroni muzokaralarni boshlash uchun eng kam summa deb hisoblamoqda.

Gyokereshga "Arsenal"dan tashqari "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: A Bola