"Arsenal" futbolchisi operaciya qilindi

Alisher
3 yanv 2020, 12:10
"Arsenal" himoyachisi Kiran Tirni elkasidan operaciya qilindi.

Bu haqda "kanonirlar" rasmiy sayti xabar bermoqda. Kiran mart oyidan boshlab jamoasiga yordam berishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, himoyachi APLning 16-turi doirasidagi "Vest Xem" (3:1) qarshi o'yin paytida jarohat olgan edi.

22 yoshli shotlandiyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tgan yilning yozida "Seltik"dan o'tgan edi.

Tirni 2016 yildan beri Shotlandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com