"Arsenal" fransiyalik yulduzga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2024, 17:09
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Angliya Premer-ligasi grandining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Fransiyalik futbolchiga da'vogarlar orasida PSJ, "Barselona" va "Manchester Siti" klublari bor edi. Jurnalist Pit O'Rurkning yozishicha, Komanga "Arsenal" ham qiziqmoqda. "Kanonirlar" 28 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin.



Manbaga ko'ra, Kingsli Koman "Bavariya"dan ketishga tayyor, biroq yangi jamoasida boshlang'ich tarkibdan joy kafolatlanishini istaydi. 

Transfermarkt portali vingerning transfer qiymatini 50 mln evroga baholagan. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London