"Arsenal" "Fiorentina" forvardiga qiziqmoqda

Alisher
30 mar 2021, 07:50
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli serbiyalik futbolchiga "Arsenal" da'vogarlik qilmoqda, sababi London klubini Aleksandr Lyakazett yoki Per-Emerik Obameyang tark etishi mumkin.

Vlaxovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato