

"Kanonirlar" markaziy himoyachi Vilyam Salibani qo'ldan chiqarishni istamaydi. Shuning uchun uning maoshini uch barobarga oshirishga tayyor.
London klubi Fransiya termasi vakiliga 120 ming funt sterling haftalik maosh to'lashga rozi, chunki Saliba PSJga kyetib qolishi mumkinligidan qo'rqmoqda. Avvalroq Parij klubi futbolchiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Saliba 16 martdan keyin jarohat sabab "Arsenal" safida maydonga tusha olmadi.



