“Arsenal” Drakslerning transfer narxini kamaytirishga urinib ko'radi

27 yanv 2014, 10:04
Ushbu haftada “Arsenal” klubi vakillari hujumdagi yarim himoyachi Yulian Drakslerning transferi bo'yicha “Shalke” bilan muzokara olib borishni rejalashtirishgan, deb xabar beradi Goal.com.

“Kanonir”lar futbolchi uchun to'lanadigan kompensaciya to'lov narxini 25-30 million funtga tushirishmoqchi. O'z navbatida “Shalke” o'yinchi uchun shartnomaga belgilangan narx 37.2 million funt to'lanishini istayapti.


Manba: football.kulichki.net