
4 fevral kuni APLning 24-tur uchrashuvlari qatoridan joy olgan "Chelsi" - "Arsenal" uchrashuvida kiritilgan gol o'tgan oyning eng yaxshisi deb topildi. Bahsdagi ikkinchi golga mualliflik qilgan Eden Azar ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

Kiritilgan golni Telegram orqali ko'chirib olish mumkin: TELEGRAM
Avvalgi oylarda eng yaxshi deb topilgan gollar mualliflari:
Avgust - Kristian Stuani ("Midlsbro")
Sentyabr - Jordan Xenderson ("Liverpul")
Oktyabr - Dmitri Payet ("Vest Xem")
Noyabr - Pedro ("Chelsi")
Dekabr - Genrix Mxitaryan ("Manchester Yunayted")
Yanvar - Endi Kerroll ("Vest Xem")