“Arsenal” Chempionship to'purarini sotib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
6 mar 2021, 01:55
“Brentford” forvardi Ivan Toni yozda boshqa klubga o'tishi mumkin.

Football London manbasiga ko'ra, 24 yoshli inglizga “Arsenal” qiziqmoqda. Toni joriy mavsum Chempionshipda 33 o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan holda musobaqa to'purari bo'lib turibdi. Shuningdek, uning hisobida 9 ta assist ham bor.

“To'pchilar” bilan birga “Vest Xem” ham forvardni kuzatmoqda. “Brentford” uning transferidan 35 mln evro ishlab olmoqchi. Biroq, Transfermarkt portalida futbolchining narxi 10 mln evro qilib ko'rsatilgan

Ivan Toni 2015/16 yilgi mavsum “Nyukasl”da o'ynagan va APLda 2 ta uchrashuv o'tkazishga ham erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football London