"Arsenal" bugun Emerini ishdan bo'shatishi mumkin

Alisher
29 noya 2019, 15:00
"Arsenal" bugun jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini ishdan bo'shatishi mumkin.

"Arsenal" kecha Yevropa ligasi 5-tur doirasidagi "Ayntraxt" (1:2)ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi va g'alabasiz seriyasini 7 o'yingacha uzaytirgdi. Bu "to'pchilar"ning so'nggi 27 yildagi eng yomon seriyasidir.

Bosh murabbiylik uchun asosiy nomzod uning yordamchisi Fredrik Yungbergdir.

Emeri o'tgan yilning may oyida "Arsenal"ga kelgandi.

"Arsenal" APLda 13 turdan so'ng 18 ochko jamg'argan holda jadvalda 8-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theathletic.com