“Arsenal” braziliyalik hujumchini sotib oladi

16 iyul 2019, 08:03
Everton Soares faoliyatini Londonda davom ettirishga yaqin turibdi.

Kopa Amerika-2019 to'purari Everton tez orada “Arsenal” a'zosiga aylanadi. Londonliklar futbolchi uchun 28 mln evroni “Gremio”ga to'lab beradi. Shuningdek, yana 12 mln evro bonus sifatida taqdim etilishi mumkin.

Takidlanishicha, klub shifokorlari Evertonning holatini tekshirish uchun Braziliyaga jo'nab ketgan.

Avvalroq futbolchiga “Manchester Siti”ning ham da'vogarligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato