"Arsenal" "Betis"ning argentinalik xavbekiga qiziqmoqda

Alisher
23 mar 2021, 09:23
"Betis" yarim himoyachisi Gido Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

26 yoshli argentinalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. London klubi futbolchini kuzatmoqda va "Betis" bundan boxabar.

Rodriges "Betis"ga 2020 yilning yanvarida o'tgan edi. U Argentina terma jamoasiga chaqirilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo