"Arsenal" "Betis" o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
16 iyul 2021
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Gvido Rodriges "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, London klubi "Betis" o'yinchisini nishonga oldi.

Sevilyaliklar Amerika Kubogi-2021 yilda ajoyib o'yinlar ko'rsatgan futbolchi uchun 30 million evro olishmoqchi.

Rodriges 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. U Kopa Amerika doirasida 6ta o'yinda harakat qilib, 1ta gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio