"Arsenal" "Bavariya" yulduzini nishonga oldi

Alisher
12 mar 2025, 16:25
"Arsenal" "Bavariya" vingeri Leroy Sane nomzodiga e'tibor qaratmoqda.

Mikel Arteta futbolchi bilan "Manchester Siti"da birga ishlagan. Nemisning mehnat shartnomasi yozda yakuniga etadi. Hozircha "Bavariya" Sanega shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif bilan chiqmagan.

Leroy Sane joriy mavsum "Bavariya" safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali vingerni 45 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bild.de