"Arsenal" - BATE o'yinida antirekord o'rnatildi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017
BATEga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvida "Arsenal" muxlislari antirekord qayd etishdi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, bahsni ko'rish uchun stadionga 54 638 kishi tashrif buyurgan, biroq raqamlar oshirib yozilgan va aslida arenaga 30 minga yaqin muxlis kelgan. Jamoa "Emireyts"da to'p tepayotgandan beri bunday past natija qayd etilmagan.

Shu yilning sentyabr oyida "Emireyts"da yana bir antirekord o'rnatilgan edi. Angliya liga Kubogi doirasidagi "Arsenal" - "Donkaster" bahsiga 44 ming kishi tashrif buyurgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail