"Arsenal" Balogun uchun 40 mln evro istamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
12 apr 2023
"Arsenal" hujumchi Folarin Balogun transferi uchun 40 mln evro talab qilmoqchi.

Sky Sport"ning xabarlariga ko'ra, "Reyms"da ijarada to'p tepayotgan 21 yoshli ingliz xizmatlariga "Leyptsig" klubi qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, "Inter", "Milan" va "Monako" klublari ham Balogun atrofidagi vaziyatni kuzatayotgani xabar qilingandi.

Fransiya chempionatining ushbu mavsumida futbolchi hisobida 18 ta gol va 2 ta assist bor. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail