"Arsenal" APLda g'alaba qozonmasa, Arteta ishdan bo'shatilishi mumkin

Alisher Ostonov
1 fev 2026, 15:10
"Arsenal" APL joriy mavsumida chempionlikni qo'lga kirita olmasa, bosh murabbiy Mikel Arteta bilan xayrlashishga tayyor.

London klubi rahbariyati bunday ultimatumni asosli deb hisoblaydi va jamoaning hozirgi holati va unda mavjud resurslarni hisobga olgan holda chempionatdagi g'alabadan boshqa har qanday natijani qabul qilmaydi.

"Arsenal" 24 o'yinda 53 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, "kanonirlar" Angliya chempionatining so'nggi to'rtta turida faqat bitta g'alabaga erishdi. Ularning 2-o'rindagi "Manchester Siti"dan ustunligi 7 ochkoni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Give me Sport