"Arsenal" Angliya kubogi sohibi!

Narzulla Saydullayev
17 may 2014
Angliya kubogi finalida "Arsenal" va "Xall" to'qnash kelishdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Chester hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o'tgach Kertis Devis "Arsenal" darvozasiga ikkinchi golni urdi.

17-daqiqada Santi Kasorlaning ajoyib zarbasi golga aylandi - 1:2.

Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.

71-daqiqada Koselni hisobni tenglashtirdi - 2:2. Uchrashuvning asosiy vaqtida g'olib aniqlanmadi.

Qo'shimcha taymning birinchisida ham gol urilmadi.

108-daqiqada Jiruning pasidan so'ng Remzi "Arsenal"ni oldinga olib chiqdi - 3:2.

Shunday qilib, "Arsenal" 9 yillik tanaffusdan so'ng birinchi bor sovriga ega bo'ldi.

Arsenal – Xall  3:2
17 may, 21.00, Uembli
Gollar:
0:1 – 4 Chester,  0:2 – 8 Kert. Devis,  1:2 – 17 Kasorla,  2:2 – 71 Koselni, 3:2 - 108 Remzi.
Arsenal – Fabianski, Sanya, Koselni, Mertesaker, Gibbs, Kasorla (Rosicki, 105), Arteta, Remzi, Ozil (Uilshir, 105), Podolski (Sanogo, 61), Jiru.
Xall – Makgregor, Rosenor (Boyd, 102), Kert. Devis, Chester, Bryus (Maksheyn, 66), Livermor, Meyler, Kuinn (Aluko, 75), Xaddlstoun, Al-Muhammadi, Frayatt.
Ogohlantirishlar: Xaddlstoun (60), Meyler (70), Jiru (85), Kert. Devis (86).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia