"Arsenal" Allegri nomzodidan voz kechgani sababi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 dek 2019, 20:11
"Arsenal" rahbariyati Massimiliano Allegrini jamoaga bosh murabbiy etib olib kelish g'oyalaridan voz kechdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, London klubi rahbariyati yangi murabbiy talab qilayotgan summani transferlar uchun ishlata olmaydi. Ular ayni damda o'zlarining "cho'ntagi" ko'taradigan variant izlashmoqda.

Undan tashqari, Allegri ingliz tilini bilmaydi.

Qayd etilishicha, agarda natijalar yaxshi bo'lsa, Freddi Yungberg "Arsenal"ning to'laqonli bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic