
“Yanvarda yarim himoyachi sotib olish rejamiz yo'q. Bugun Ozil va Remsi maydonga tushishmadi, biroq o'yinga tushirilgan uch nafar yarim himoyachilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Bundan tashqari Arteta ham zaxira o'rindig'ida qoldi. Shu sababli Kabayni sotib olishga ehtiyoj sezmayapmiz”, - deya ta'kidladi Venger.
Eslatib o'tamiz, yozda “Arsenal” Kabay bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqqan edi.