Arsen Venger: "Yangi mavsum Uilshir uchun muhim bo'ladi"
Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2014, 16:59
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger yangi mavsum Jek Uilshir uchun o'ta muhim bo'lishini ma'lum qildi.
– Kelayotgan mavsum Uilshir uchun eng muhimi bo'ladi. Hozir u so'nggi uch yildagi eng yaxshi formasida. Endi u jarohatlarni unutib mashg'ulot o'tkazishi mumkin. O'ylashimcha Jek o'zini ko'rsata oladi, – deydi murabbiy "The Sun" nashriga.