Arsen Venger: “Standart vaziyatdan uchta gol uramiz deb hech ham o'ylamagan edik”

23 sen 2013, 10:37
“Arsenal” klubining Fransiyalik bosh murabbiyi Arsen Venger, APL 5-turidan o'rin olgan “Stok Siti” qarshi o'yindan so'ng(3:1), uning jamoasi yaxshi o'yin o'tkazganligini aytib o'tdi.

“Birinchi bo'limning o'zidayoq “Arsenal” raqibiga nisbatan tetikroq ko'ringandi. Ikkinchi bo'limda esa biz o'yin tempini biroz tushurdik, biroq shunga qaramay g'alaba qozondik. Biz uchun hafta omadli keldi. Standart vaziyatdan uchta gol uramiz deb hech ham o'ylamagn edik. Ozil? Uning ko'rsatgichlari barchani hayratda qoldiradi. Mesut ajoyib o'yinchi ekanligini yana bir karra namoyish etdi”, - Vengerning so'zlarini keltiradi “kanonerlar” rasmiy sayti.


Manba: football.kulichki.net