Arsen Venger: Shchensnining chetlatilishi borasida bahslashishim mumkin

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014, 09:31
Arsenal bosh murabbiyi Arsen Venger YCHL 1/8 finalida Bavariyaga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bayon qildi.
Himoyada bazi xatolarga yo'l qo'ydik, biroq jamoa fantastik tarzda o'ynadi.

Urilmagan penalti jamoa va muxlislarga yomon ta’sir qildi. Chetlatishdan so'ng juda qiyin bo'ldi.

Shchensnining chetlatilishi borasida u yerda haqiqatdan ham penalti bor edi. Ammo qizil kartochka borasida bahslashishga tayyorman. Agar u qoidlarda yozib qo'yilgan bo'lsa buni qabul qilaman.

Ikkinchi bo'limda qarshi hujumlarda gol urishga harakat qildik, endi javob bahsi bor. Myunxenda nima bo'lishi kim biladi? O'tgan yil Bavariyani safarda mag'lub etgandik, bu safar ham shuni amalga oshirishga urinamiz, – deydi Venger.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru