Arsen Venger: Remzi o'tgan mavsumdagidan ancha o'zgargan

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Aaron Remzi namoyish etayotgan o'yinini alohida ta'kidlab o'tdi.
"Remzi o'tgan mavsumdagi Remzi emas. U o'zgargan. Avvallari ko'pchilik nima uchun uni tarkibga kiritganim haqida savollar berishardi. Shuning uchun ham men uning o'yinidagi o'sishni alohida ta'kidlab o'tishni istardim".

"Remzi mashg'ulotlarda qattiq ishladi va hozir uning o'yini sezilarli darajada rivojlandi. Maydonda u fantastik ishlarni amalga oshiryapti", dedi Venger.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru