Arsen Venger: "Keyn "Arsenal" maktabida shug'ullanganini bilmagan ekanman"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2015
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn bolaligida "to'pchilar" maktabida shug'ullanganini bilmasligini aytdi.

"Buni avval bilmas edim. Bazida gazetalarda ham qiziq ma'lumotlarni topsa bo'ladi. Bu ma'lumotdan so'ng biroz xafa bo'ldim va o'zimga savol berdim: "U nima sababdan ketgan?". Bu yoshdagi bolalarning bir klubdan ikkinchisiga o'tishi odatiy hol, chunki ularning ota-onalari ishini o'zgartiradi yoki ko'chib kyetishadi" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent