Arsen Venger: "Kelajakda murabbiylar o'rnini robotlar egallashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
19 noya 2018, 16:27
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger kelajakda futbol qanday bo'lishi haqida gapirib berdi.

"Ko'p marta aytganman: Bir kuni qaysidir prezident kelib, zaxiradan tushadigan futbolchilarni ijtimoiy tarmoqda so'rovnoma o'tkazib, aniqlashni taklif qiladi.

Bu bir kuni sodir bo'ladi. Bunday narsalarga rozi emasman, chunki eski maktab vakiliman. Ammo hozircha hammasi shu tomonga harakatlanyapti.

Ijtimoiy tarmoqlarning kuchi qandayligini bilsangiz kerak. Ammo buning yomon tarafi shundaki, ko'pchilik xato fikrda bo'lsa, o'sha hisobga olinadi.

Bu men uchun emas. Menda intuiciya degan narsa bor. Men ko'zimga ishonganimni qilib o'rganganman.

20 yildan so'ng murabbiylar o'rnini robotlar egallashi mumkin" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports