"Arqadag'" – Turkmaniston Superkubogining ikki karra sohibi!

Sherzod Nurmatov
25 sen 2025
"Andijon"ning OCHL 2'dagi raqibi "Arqadag'" "Ahal"ni mag'lub etib, Superkubokning ikki karra egasiga aylandi.

Ashxoboddagi “Niso” stadionida o'tkazilgan o'yin 3:0 hisobida Arkadag foydasiga hal bo'ldi. G'oliblar safida Oltimurod Annadurdiev ikkita gol urgan bo'lsa, Mirza Beknazarov yana bir golga mualliflik qildi.

Qayd etish joiz, 27-daqiqada "Ahal" a'zosi Dovran Xojamammedov qizil kartochka oldi.

Shunday qilib, "Arqadag'" Turkmaniston Superkubogini ketma-ket ikkinchi marta qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia