Arnautovich "Bolonya" bilan kelishuvga erishdi

Alisher
24 iyun 2021
Hujumchi Marko Arnautovich "Bolonya" klubi bilan kelishuvga erishdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 32 yoshli avstriyalik futbolchi italyan klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 2,7 million evro maosh oladi.

Arnautovich "Shanxay SIPG"da 2019 yilda yozidan beri o'ynayotgandi.

Forvard bu vaqt davomida Xitoy klubida 39ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira