Armaniston terma jamoasi ustozi iste'foga chiqarildi

22 sen 2018, 01:21
Armaniston futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Vardan Minasyanning iste'fosini qanoatlantirdi.

44 yoshli mutaxassis shuningdek, terma jamoa texnik direktori lavozimida ham ketgan, deya xabar bermoqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti.

“Armaniston Futbol federatsiyasi va Ijroqo'mga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Futbolchilarning qilgan mehnatlaridan xursandman. Terma jamoaga kelgusida omad tilayman”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Minasyan.

2009 yildan 2013 yilgacha termani boshqargan Vardan Minasyan joriy yil aprelida yana ushbu postni egallagandi. Uning qo'li ostida trma jamoa to'rtta uchrashuv o'tkazib, bitta g'alaba va mag'lubiyat, ikkita durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Арманистон ФФ расмий сайти