"Arkadag'" ketma-ket g'alabalar soni bo'yicha "Real", PSJ va "Manchester Siti"dan oldinda

Оқил Абдубарноев
18 apr 2024, 20:08
O'rtacha 200 nafar muxlisga ega Turkmaniston yetakchi klubining bazi natijalari sir tutilgan.

O'tgan mavsum avvalida tashkil etilgan Turkmanistonning "Arkadag'" jamoasi mahalliy chempionat va kubok uchrashuvlarida ketma-ket 36 g'alabaga erishib, bu borada duyoning yetakchi klublarini ortda qoldirmoqda.

"Arkadag'" 2023 yil Turkmaniston chempionligi va kubogini qo'lga kiritish bilan bir qatorda shu paytga qadar hatto durang natija qayd etmagan.

Biroq mamlakat yetakchisiga tegishligi aytilayotgan klubda etarlicha muxlis mavjud emas. Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa ishtirokidagi o'yinlarga o'rtacha 200 nafar tomoshabin tashrif buyurmoqda.

O'z hududida "engilmas jamoa" deya etirof etilayotgan "Arkadag'" fevral oyida o'rtoqlik uchrashuvi doirasida "Shaxtyor" va "Dnepr"ga imkoniyatni boy bergan, biroq bu haqda turkman matbuoti birorta xabar chop etmagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Al Jazeera