Artur Gevorkyan: “G'oliblar muhokama qilinmaydi”

Aziz Tukhtamuradov
25 iyul 2018
Superliganing 18-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” uchrashuvi (0:1)dan keyingi matbuot anjumanida yagona gol muallifi Artur Gevorkyan ham ishtirok etdi.

“Qizilqum” sardori o'yinning 62-daqiqasida Elguja Grigalashvilining to'p uzatishidan so'ng Muzaffar Abdullaev qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. 

- O'yin shunday taassurot qoldirdiki, unda birinchi bo'lib hisobni ochib olgan jamoa g'alaba qozonar edi, - deya so'z boshladi turkmanistonlik futbolchi. - Ana shu vazifani biz uddalaganimizdan xursandman. Lekin bu g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q. Maydon egalari ham yaxshi o'yin namoyish etishdi. 

Asosan yosh futbolchilardan iborat jamoa avvalgi o'yinlar bilan taqqoslaganda to'pni nazorat qilishni anchagina o'zlashtirib olibdi. Ularda ham darvozani ishg'ol qilish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Bazi vaziyatlarda xatolarga ham yo'l qo'ydik. Ammo, aytishadiku, “G'oliblar muhokama qilinmaydi!”. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia