Argentinaning Nigeriyaga qarshi asosiy tarkibini Messi va Maskerano tanlashi mumkin

Mirjalol Normatov
24 iyun 2018, 14:13
Argentina termasining sobiq futbolchisi Rikardo Justining aytishiga ko'ra, Nigeriyaga qarshi bahsda Xorxe Sampaoli asosiy tarkibni tanlamaydi.

"Endi asosiy tarkibni futbolchilar tanlaydi. Sampaoli esa o'z o'rnida o'tiradi. Barchasini futbolchilarning o'zi tashkil qiladi. Bu ular uchun muammo emas", - dedi Justi.

Argentina termasi dastlabki ikki turdan keyin 1 ochko to'plagan. Hozirda ularning pley-offga chiqishi o'ziga bog'liq emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail