Argentinalik vunderkind "Barselona" va "Real" transfer urushi markazida

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023
Ispaniya grandlari argentinalik yosh futbolchi Janluka Prestianni bilan shartnoma imzolash uchun kurashmoqda.

16 yoshli futbolchi ayni paytda o'z vatanida "Veles Sarsfild" jamoasi uchun o'ynayapti. Yosh bo'lishiga qaramay, vinger allaqachon klubdagi debyutini o'tkazgan. Bu uni Argentina chempionatida afsonalar Diego Maradona va Serxio Aguerodan keyin paydo bo'lgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylantirdi. 

Prestiannining yetakchilik fazilatlari va hali pishmagan surati uni skautlar kuzatuvida ajralib turishiga yordam beradi. Nashr yaqindagina Ispaniya Superkubogida o'zaro to'qnash kelgan "Real" va "Barselona" yosh o'yinchini qo'lga kiritish uchun harakatga tayyorligini ma'lum qildi.

La Liga gigantlari aniq taklif bilan chiqishdan avval uning o'yini o'sishini kuzatib bormoqda. Madrid klubi so'nggi paytlarda yosh iqtidorlarni izlash faoliyatini Braziliyaga qaratgan. Prestianni yozda Italiya pasportini oladi. Yaqin oylar ichida Janluka uchun kurash boshlanib kyetishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun