Argentinada Messining rasmi aks etgan katta graffiti ochildi

Alisher
14 dek 2021
Argentinaning Rosario shahrida PSJ va milliy jamoa forvardi Lionel Messi sharafiga devoriy surat ochildi.

"O'zga sayyoradan va mening shahrimdan" deb nomlangan ish 69 metr balandlikka ega va bino devoriga chizilgan.

Rosario - Messi tug'ilgan shahar.

Eslatib o'tamiz, 7 karra "Oltin to'p" sohibi bo'lmish Leo 2021 yilda Argentina terma jamoasi bilan Kopa Amerikani qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: tycsports.com