Argentinada koronavirus sababli futbol to'xtatildi

Mirjalol Normatov
21 may 2021
Argentina futbol assotsiatsiyasi mamlakatda koronavirusning beqaror holati sababli futbol o'yinlarini to'xtatdi.

Qayd etilishicha, qaror bugundan kuchga kirgan va bu 30 may kuniga qadar davom etadi. Bu davr mobaynida mamlakat liga kubogi (Maradona Kubogi) yarim final va final bahslari bo'lib o'tishi kerak edi.

Biroq Libertadores Kubogi hamda Sudamerikana Kubogi o'yinlari o'tadigan kunlarga o'zgartirishlar kiritilmasligi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal