Argentina XXI asrda 2-marta JCH yarim finaliga chiqdi

Sherzod Nurmatov
10 dek 2022, 11:45
Argentinaliklar 2014 yil finalda mag'lub bo'lishgandi.

Argentina terma jamoasi JCH-2022 yarim finaliga yo'l oldi. Yarim finalda Niderlandiya mag'lub qilindi (2:2, penaltilar bo'yicha – 4:3).

Argentina XXI asrda 2-marta Jahon chempionatining 1/2 finaliga chiqdi. Birinchisi 2014 yilda sodir bo'lgan. O'shanda argentinaliklar finalgacha yetib borib, Germaniyaga yutqazishgandi.

2002 yilgi Jahon chempionatida Argentina guruhdan chiqa olmagan. JCH-2006 va JCH-2010da chorak finalda to'xtagan. 2018 yilgi mundialda esa 1/8 finalda mag'lubiyatga uchragan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia