Argentina – Braziliya. O'yin bir kunga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2015
JCH-2018 saralashi doirasidagi Argentina va Braziliya o'rtasidagi o'yin kuchli yomg'ir tufayli qoldirildi.

Uchrashuv bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Buenos-Ayres shahrida kuchli yomg'ir yog'moqda. Shu bois maydon suv bilan qolgangan, muxlislarning tribunalarda bo'lishi esa xavfli.

Rasmiy shaxslar o'yinni roppa rosa bir sutkaga qoldirishga qaror qilishdi. Shunday qilib, Argentina – Braziliya uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 05.00da bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globo.com