

So'nggi kunlarda Amerika Kubogi bekor qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Musobaqa dastlab Argentina va Kolumbiyada bo'lib o'tishi kerak edi, ammo turnir boshlanishi arafasida mezbonlik Braziliyaga berildi. Ushbu mamlakat terma jamoa a'zolari esa musobaqani boykot qilmoqchi.
Yuzaga kelgan so'nggi voqealar munosabati bilan Argentina federatsiyasi bayonot berdi: "Argentina terma jamoasi tarixan sportga aloqadorligi tufayli Amerika Kubogi-2021da ishtirok etadi. Argentina futbol assotsiatsiyasining g'ayrioddiy harakatlari tufayli jamoamiz musobaqani o'z uyimizda o'tkaza olmadi, lekin qita turnirida ishtirok etish uchun Braziliyaga yo'l olmoqda".
Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi Yevropa chempionati bilan deyarli bir vaqtda bo'lib o'tadi.



