Aren Robben: Oltin to'pga da'vogarlar safida o'zimni ko'rmayapman

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 17:16
Bavariya yarim himoyachisi Aren Robben o'zini Oltin to'pga da'vogar sifatida ko'rayotgani yo'q.
Men o'zimni Oltin to'pga da'vogarlar orasida ko'rmayapman. Men uchun shaxsiy sovrinlardan ko'ra jamoaviy sovrinlar muhimroq.

Bitta jamoa bo'lganimiz uchun Bavariya g'alabalarga erishdi. Bizda Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilar yo'q, ammo birlashib kuchli o'yin namoyish etdik.

Bitta odamni alohida ko'rsatish qiyin. Bilishimcha Bavariyadagi futbolchilarni Oltin to'p hech kimni tashvishlantirayotgani yo'q, – deydi Robben Goal.com ga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru