"Ardus" klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini durang bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2013, 10:55
Bugun Nagoyada futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.
Xabar berganimizdek, "Ardus" musobaqaning ilk turida Tailandning "Chonburi" klubi bilan bellashdi.

Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 8:00da boshlangandi. O'yinda 2:2 hisobida durang qayd etildi. "Ardus" safida ikkala golni ham Dilshod Raxmatov raqib darvozasiga urdi.

"Ardus"ning keyingi o'yinlari:

28 avgust
"Al Sadd" (Qatar)- "Ardus"

29 avgust
"Giti Pasand" (Eron) - "Ardus"


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia