“Ardus” futzal klubi yosh futbolchilar tanlovini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 17:05
Oxirgi yillarda mamlakatimizda “millionlar o'yini” bo'lmish futbol bilan bir qatorda, futzal yani mini-futbolga bo'lgan e'tibor ham ortib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizning har bir shahar, har bir tumanda mini-futbol maydonchalarini ko'rishimiz mumkin. Bu sport turi bilan ko'plab yoshlar shug'ullanishmoqda.

Bugungi terma jamoaning asosini ham yoshlar tashkil etadi. Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Dilshod Raxmatov, Davron Chorievlar ularning orasida sezilarli yutuqlarga erisha oldilar.

Sportning bu turiga bo'lgan qiziqishning oshib borayotgani va kelajakdagi yutuqlar uchun o'ziga xos poydevor qo'yish maqsadida “Ardus” futzal jamoasi tarkibga qo'shilish uchun tanlov e'lon qildi.

Nomzodlarga talablar oddiy. Ardus sharafini himoya qilmoqchi bo'lgan sportchi, mini-futbol yoki futboldan xabardor bo'lishi kerak, shuningdek sportni va futzalni sevishi lozim. Nomzodlar 16dan 23 yoshgacha bo'lishlari lozim.

“Ardus”ning yangi yulduzlari” to'liqroq ma'lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishlari mumkin:
+998 94 410 59 95 yoki  +998 91 776 43 34.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ardusfc.uz