Arda Turon "Shaxtyor" bosh murabbiyi bo'lishga yaqin

Alisher Ostonov
4 may 2025
Arda Turon Ukrainaning "Shaxtyor" klubini boshqarishi mumkin.

Jurnalist Yag'iz Sabunjuo'g'lining yozishicha, tomonlar kelishuvga yaqin turibdi. Uchrashuv Londonda bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, mart oyida "Shaxtyor" klubi Arda Turonga klubni boshqarishni taklif qilgan, ammo bu taklifdan hech qanday natija olmagan edi. 38 yoshli turkiyalik mutaxassis "Eyupspor"ga ustozlik qilmoqda. Bu "Barselona", "Atletiko", "Galatasaroy" va Turkiya terma jamoasi sobiq futbolchisining murabbiylik faoliyatidagi birinchi klubidir.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/yagosabuncuoglu