
Futbolchi, jamoasining siri yakdillik va hamjihatlik bilan harakatlanishida ekanligini ta'kidlab o'tdi. Turkiyalik yarim himoyachisi ushbu o'yinda “Atletiko”ning ikkinchi golini kiritgan.
-Men nafaqat gol urganimdan, balki jamoamizning yaxshi o'ynaganidan va mehnatiga yarasha g'alaba qozonganidan xursandman. Barcha futbolchilar keyingi o'yin haqida o'ylashmoqda. Jamoada yig'ilgan futbolchilarning bari bir maqsad sari intilmoqda. Balki birovlarga bu kabi holat yoqmas, biroq bu bizning uslubimiz, - Turanning so'zlarini keltiradi AS.