Arda Gyuler: Umid qilamanki endi hammasi yaxshi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2024
Real yarim himoyachisi Arda Gyuler Seltaga qarshi o'yinda (4:0) urgan golidan so'ng fikr bildirdi.

Men Realda ekanimdan baxtiyorman. Bu dunyodagi eng zo'r klub, barcha qiyinchiliklarga qaramay ularni engib o'ta oladigan xarakterga egaman. Hozirga qadar mavsum men uchun qiyin o'tayotgandi, goldan keyin barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman, - deydi Gyuler.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Gyuler yozda Fenerbaxchedan 20 mln evro evaziga Realga o'tgandi. Bu mavsumda futbolchi Real safida 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Turkiyalik futbolchi mavsumning birinchi qismini tizza va sonidagi jarohatlar tufayli o'tkazib yubordi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com