Arablar MLSni ham zabt etdi

Mirjalol Normatov
12 dek 2021
MLSda "Nyu-York Siti" jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

MLS bosh sovrini uchun finalda "Nyu-York Siti" jamoasi "Portlend"ga qarshi bahs olib bordi va penaltilar seriyasida (asosiy vaqt 1:1, penaltilar seriyasi 4:2) g'alabaga erishdi.

Shu orqali jamoa o'z tarixida ilk marta chempionlikni qo'lga kiritdi. "Nyu-York Siti" klubi 2013 yili tashkil topgan va ayni damda "Manchester Siti" kabi "City Football Group" xoldingi tarkibiga kiradi va to'liqligicha arablar nazoratiga olingan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia